Yangilik
Chuchuk suvi eng kam bo'lgan 20 mamlakat
Jahon banki va Our World in Data ma'lumotlari asosida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv zaxirasi eng kam bo‘lgan mamlakatlar reytingi e'lon qilindi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Quvayt egalladi. Tadqiqotga ko‘ra, Quvaytda doimiy daryo va ko‘llar...

Jahon banki va Our World in Data ma'lumotlari asosida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv zaxirasi eng kam bo‘lgan mamlakatlar reytingi e'lon qilindi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Quvayt egalladi. Tadqiqotga ko‘ra, Quvaytda doimiy daryo va ko‘llar mavjud emas. Shu sababli mamlakat ichimlik suvining asosiy qismini dengiz suvini chuchuklashtirish orqali ta'minlaydi. Ikkinchi o‘rinda Bahrayn, uchinchi o‘rinda esa Misr joylashgan. Reytingdagi 20 davlatning yettitasi Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘lib, ularda yog‘ingarchilik kamligi va suv manbalari cheklangani sababli suv tanqisligi yuqori. Shuningdek, ro‘yxatdan Misr, Sudan, Liviya, Jazoir kabi Afrika davlatlari, shuningdek Singapur, Turkmaniston va Pokiston ham o‘rin olgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, chuchuk suv tanqisligi qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot va aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu bois ko‘plab davlatlar suvni tejash va uni qayta ishlash texnologiyalariga katta sarmoya kiritmoqda.
E'lon qilingan:
Shunga o'xshash materiallar

Yangilik
Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi
Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish qurilmalarida qo‘llaniladigan energiya rekuperatsiyasi uskunalari ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi. Yangi korxona 2027-yilning birinchi choragida ish boshlaydi. Zavod yiliga 2 ming dona uskuna ishlab...

Yangilik
Tyan-Shan va Pomir muzliklari — Markaziy Osiyoning tabiiy suv ombori
Tyan-Shan va Pomir tog‘lari Markaziy Osiyoning eng muhim chuchuk suv manbalaridan biridir. Ushbu tog‘ tizimlarida, 3–3,5 ming metr va undan yuqori balandliklarda joylashgan muzliklar qor va doimiy muz qatlamlari bilan birgalikda mintaqaning eng yirik tabiiy...

Yangilik
Ekzosayyoralarda suv ko‘ringanidan ko‘proq bo‘lishi mumkin
Somon yo‘lidagi eng ko‘p uchraydigan sayyoralar turidan biri — mini-Neptunlar haqidagi yangi tadqiqot qiziqarli xulosani taqdim etdi. Olimlarning aniqlashicha, bunday sayyoralarda suv atmosfera bo‘ylab bir tekis taqsimlanmasligi mumkin. Yuqori bosim va...
