Asosiy kontentga o'tish

Yangilik

Tyan-Shan va Pomir muzliklari — Markaziy Osiyoning tabiiy suv ombori

Tyan-Shan va Pomir tog‘lari Markaziy Osiyoning eng muhim chuchuk suv manbalaridan biridir. Ushbu tog‘ tizimlarida, 3–3,5 ming metr va undan yuqori balandliklarda joylashgan muzliklar qor va doimiy muz qatlamlari bilan birgalikda mintaqaning eng yirik tabiiy...

Tyan-Shan va Pomir muzliklari — Markaziy Osiyoning tabiiy suv ombori

Tyan-Shan va Pomir tog‘lari Markaziy Osiyoning eng muhim chuchuk suv manbalaridan biridir. Ushbu tog‘ tizimlarida, 3–3,5 ming metr va undan yuqori balandliklarda joylashgan muzliklar qor va doimiy muz qatlamlari bilan birgalikda mintaqaning eng yirik tabiiy suv zaxirasini hosil qiladi. Bahor va yoz mavsumida muzliklar hamda qorlarning erishi natijasida hosil bo‘lgan suv Amudaryo va Sirdaryo oqimini to‘yintirib, Markaziy Osiyoning suv ta’minotida muhim o‘rin tutadi. Tyan-Shan tog‘lari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, O‘zbekiston va qisman Tojikiston hududlarini qamrab oladi. Pomir tog‘larining asosiy qismi esa Tojikistonda joylashgan bo‘lib, Xitoy, Afg‘oniston va Qirg‘iziston bilan tutashadi. Natijada ushbu muzliklar: quyi oqimdagi qishloq xo‘jaligini sug‘oradi; millionlab aholini ichimlik va maishiy suv bilan ta’minlaydi; gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Muzliklar ayniqsa yoz oylarida, sug‘orish uchun suv eng zarur bo‘lgan davrda tabiiy suv ombori vazifasini bajaradi. Issiq va qurg‘oqchil iqlimga ega O‘zbekiston va Turkmaniston kabi quyi oqim davlatlari yuqori tog‘larda shakllanadigan suv resurslariga katta darajada bog‘liq. Biroq iqlim o‘zgarishi tufayli Markaziy Osiyo muzliklari so‘nggi 50 yil ichida 20–30 foizga qisqargan.

E'lon qilingan:

Tyan-Shan va Pomir muzliklari — Markaziy Osiyoning tabiiy suv ombori — SSBRM