Asosiy kontentga o'tish

Yangilik

Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi

Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish qurilmalarida qo‘llaniladigan energiya rekuperatsiyasi uskunalari ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi. Yangi korxona 2027-yilning birinchi choragida ish boshlaydi. Zavod yiliga 2 ming dona uskuna ishlab...

Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi

Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish qurilmalarida qo‘llaniladigan energiya rekuperatsiyasi uskunalari ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi. Yangi korxona 2027-yilning birinchi choragida ish boshlaydi. Zavod yiliga 2 ming dona uskuna ishlab chiqaradi. Bu mamlakat ichki ehtiyojidan yuqori bo‘lgani sababli mahsulotning bir qismi Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Afrika va Osiyo davlatlariga eksport qilinadi. Energiya rekuperatsiyasi uskunalari — suvni chuchuklashtirish jarayonida hosil bo‘ladigan bosim energiyasining bir qismini qayta tiklab, undan yana foydalanishga imkon beradigan qurilmalardir. Shu orqali elektr energiyasi sarfi kamayadi, suvni chuchuklashtirish jarayoni esa yanada tejamkor va samarali bo‘ladi. Ushbu loyiha suvni chuchuklashtirish sohasida ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

E'lon qilingan:

Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi — SSBRM