Xalqaro hamkorlik
O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston suv-energetika sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
20-iyun kuni Bishkekda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv xo‘jaligi va energetika idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomonidan suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev ishtirok etdi. Uchrashuvda tomonlar mintaqadagi...

20-iyun kuni Bishkekda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv xo‘jaligi va energetika idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomonidan suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev ishtirok etdi. Uchrashuvda tomonlar mintaqadagi mavjud suv-energetika vaziyatini muhokama qilib, vegetatsiya davrida zarur suv chiqarishlarni ta’minlash, shuningdek, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida tomonlar tegishli Bayonnomani imzoladilar. Keyingi uchrashuv 2026-yil avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
E'lon qilingan:
Shunga o'xshash materiallar

Xalqaro hamkorlik
Amudaryoda suv oqimidagi o‘zgarishlar: Xalqaro tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Xalqaro olimlar tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot Amudaryo havzasidagi daryo oqimining so‘nggi o‘n yilliklarda keskin kamayishiga asosan inson faoliyati sabab bo‘layotganini ko‘rsatdi. Tadqiqotga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi ayrim holatlarda yog‘ingarchilikning...

Xalqaro hamkorlik
BMT e'tirofi: O'zbekiston suv stressini kamaytirish sur'atlari bo'yicha dunyoda yetakchilardan biri
So‘nggi 5 yil davomida mamlakatimizda suv stressini kamaytirish sur’atlari bo‘yicha ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. Joriy yilda UN-Water (BMT mexanizmi BRM 6.4.2 indikatori bo‘yicha) tomonidan O‘zbekiston suv stressi darajasini sezilarli kamaytirishga...

Xalqaro hamkorlik
Turkiyaning ilmiy muassasalari faoliyati bilan tanishildi
Bugun kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ishlanmalari tadqiqotlari va siyosati bosh boshqarmasi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi. Ushbu boshqarma qishloq xo‘jaligi sohasida yangi...
