Asosiy kontentga o'tish

Xalqaro hamkorlik

Turkiyaning ilmiy muassasalari faoliyati bilan tanishildi

Bugun kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ishlanmalari tadqiqotlari va siyosati bosh boshqarmasi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi. Ushbu boshqarma qishloq xo‘jaligi sohasida yangi...

Turkiyaning ilmiy muassasalari faoliyati bilan tanishildi

Bugun kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ishlanmalari tadqiqotlari va siyosati bosh boshqarmasi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi. Ushbu boshqarma qishloq xo‘jaligi sohasida yangi ishlanmalar, innovatsiyalar va ularning siyosati bilan shug‘ullanadi. Tashkil etilganiga 130 yildan oshgan, Turkiyaning ko‘hna ilmiy muassasalaridan biri hisoblanadi. Bosh boshqarma koordinatori Shu’le Kuchukjushkun xonimning ta’kidlashicha, mamlakat qishloq xo‘jaligiga doir ma’lumotlarning 70 foizi shu yerda yaratiladi. Bosh boshqarma tarkibida 49 ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat ko‘rsatadi. Misol uchun, o‘simlikshunoslik yo‘nalishida sanoat, oziq-ovqat o‘simliklari, chorva uchun ozuqabop ekinlar, salomatlik uchun o‘simliklar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Yerlarning sho‘rlanishi, yerosti, yer usti suvlari tarkibidagi minerallashuv, tuzlanish darajasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkaziladi, ilmiy ishlar bajariladi. Turkiyaning 50 dan ortiq shahar va tumanlarida ilmiy markazlari mavjud. Jami xodimlari soni 6700 kishi, shundan 2500 nafardan ortig‘i ilmiy unvonga ega xodimlar. Taqdimotda suvni tejash, unumli foydalanish, tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llash bo‘yicha ishlar, yangi tadqiqot va loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. O‘quv safari “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish.2-bosqich” loyihasi tomonidan tashkil etilgan. Delegatsiya tarkibi Suv xo‘jaligi vazirligi, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar vakillaridan iborat. Axborot xizmati

E'lon qilingan:

Turkiyaning ilmiy muassasalari faoliyati bilan tanishildi — SSBRM