Yangilik
Dunyoda transchegaraviy suv resurslari
Bugungi kunda dunyoda taxminan 313 ta transchegaraviy daryo va ko‘l hamda 468 ta transchegaraviy yer osti suvlari tizimi mavjud. 153 ta davlat boshqa mamlakatdan keluvchi yoki boshqa mamlakatga oqib boruvchi suvlarga bog‘liq holda faoliyat yuritadi. Daryo va...

Bugungi kunda dunyoda taxminan 313 ta transchegaraviy daryo va ko‘l hamda 468 ta transchegaraviy yer osti suvlari tizimi mavjud. 153 ta davlat boshqa mamlakatdan keluvchi yoki boshqa mamlakatga oqib boruvchi suvlarga bog‘liq holda faoliyat yuritadi. Daryo va ko‘l havzalari dunyo bo‘yicha 3 milliarddan ortiq aholini o‘z ichiga oladi. Transchegaraviy daryolar yolg‘iz o‘zi dunyodagi chuchuk suv oqimining 60 foizini tashkil etadi. Transchegaraviy havzalar orasida faqat ikki davlat o‘rtasida taqsimlanganlari ham, nihoyatda yiriklari ham mavjud. Masalan, Dunay daryosi qariyb 19 ta davlat hududidan oqib o‘tadi yoki ular chegarasi bo‘ylab oqadi. Kongo, Niger, Reyn, Nil va Zambezi daryolari havzalari esa har biri 9–11 ta davlat hududini qamrab oladi. Osiyoda Mekong daryosi Xitoy, Myanma, Laos, Tailand, Kambodja va Vetnam orqali, Gang va Braxmaputra esa Xitoy, Hindiston hamda Bangladesh orqali oqadi. Ind daryosi Hindiston va Pokiston hududidan o‘tadi. Markaziy Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston orqali oqadi. Qozog‘iston hududidan yana Xitoydan boshlanadigan Ili va Irtish daryolari, shuningdek Rossiya bilan bog‘liq boshqa daryolar ham o‘tadi. Yaqin Sharqda Iordan daryosi Isroil, Iordaniya va Suriya orqali, Tigr va Yevfrat daryolari esa Turkiya, Suriya va Iroq orqali oqadi. Amerika qit’asida Kolorado va Rio-Grande daryolari AQSh va Meksika hududidan o‘tadi.
E'lon qilingan:
Shunga o'xshash materiallar

Yangilik
Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi
Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish qurilmalarida qo‘llaniladigan energiya rekuperatsiyasi uskunalari ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi. Yangi korxona 2027-yilning birinchi choragida ish boshlaydi. Zavod yiliga 2 ming dona uskuna ishlab...

Yangilik
Tyan-Shan va Pomir muzliklari — Markaziy Osiyoning tabiiy suv ombori
Tyan-Shan va Pomir tog‘lari Markaziy Osiyoning eng muhim chuchuk suv manbalaridan biridir. Ushbu tog‘ tizimlarida, 3–3,5 ming metr va undan yuqori balandliklarda joylashgan muzliklar qor va doimiy muz qatlamlari bilan birgalikda mintaqaning eng yirik tabiiy...

Yangilik
Chuchuk suvi eng kam bo'lgan 20 mamlakat
Jahon banki va Our World in Data ma'lumotlari asosida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv zaxirasi eng kam bo‘lgan mamlakatlar reytingi e'lon qilindi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Quvayt egalladi. Tadqiqotga ko‘ra, Quvaytda doimiy daryo va ko‘llar...
