Yangilik
O'simlik va chorvachilik mahsulotlarining suv izi: Qaysi biri ko'proq suv talab qiladi?
Har bir oziq-ovqat mahsuloti uni yetishtirish jarayonida ma'lum miqdorda suv sarflaydi. Bu ko‘rsatkich "suv izi" (water footprint) deb ataladi va mahsulotning butun ishlab chiqarish zanjirida sarflangan umumiy suv hajmini anglatadi. 1 tonna mahsulot ishlab...

Har bir oziq-ovqat mahsuloti uni yetishtirish jarayonida ma'lum miqdorda suv sarflaydi. Bu ko‘rsatkich "suv izi" (water footprint) deb ataladi va mahsulotning butun ishlab chiqarish zanjirida sarflangan umumiy suv hajmini anglatadi. 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun o‘rtacha suv sarfi: Mol go‘shti — 15 400 m³ Qo‘y go‘shti — 10 400 m³ Tovuq go‘shti — 4 300 m³ Tovuq tuxumi — 3 300 m³ Sigir suti — 1 000 m³ O‘simlik mahsulotlari suvdan samaraliroq foydalanadi Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘simlik mahsulotlari aksariyat hollarda bir xil miqdordagi kaloriya va oqsilni ishlab chiqarish uchun hayvon mahsulotlariga nisbatan ancha kam suv talab qiladi. 🔹 Mol go‘shtining bir kaloriyasiga to‘g‘ri keladigan suv izi donli ekinlar va kraxmalli ildizmevalarnikidan o‘rtacha 20 barobar yuqori. 🔹 Bir gramm oqsil hisobida mol go‘shtining suv izi dukkakli ekinlarnikidan taxminan 6 barobar katta. Chorvachilikda suv qayerga sarflanadi? Dunyo bo‘yicha chorvachilik yiliga taxminan 2 422 km³ (2422 Gm³) suv sarflaydi. Shundan: 98% — chorva uchun yetishtiriladigan yem-xashak hissasiga; 1,1% — hayvonlarni sug‘orishga; 0,8% — parvarish va xizmat ko‘rsatishga; 0,03% — yemni aralashtirish jarayoniga to‘g‘ri keladi. Demak, chorvachilikning asosiy suv izi hayvonlarning o‘zi emas, balki ular uchun yetishtiriladigan ozuqa bilan bog‘liq.
E'lon qilingan:
Shunga o'xshash materiallar

Yangilik
Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi
Saudiya Arabistonida suvni chuchuklashtirish qurilmalarida qo‘llaniladigan energiya rekuperatsiyasi uskunalari ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi. Yangi korxona 2027-yilning birinchi choragida ish boshlaydi. Zavod yiliga 2 ming dona uskuna ishlab...

Yangilik
Tyan-Shan va Pomir muzliklari — Markaziy Osiyoning tabiiy suv ombori
Tyan-Shan va Pomir tog‘lari Markaziy Osiyoning eng muhim chuchuk suv manbalaridan biridir. Ushbu tog‘ tizimlarida, 3–3,5 ming metr va undan yuqori balandliklarda joylashgan muzliklar qor va doimiy muz qatlamlari bilan birgalikda mintaqaning eng yirik tabiiy...

Yangilik
Chuchuk suvi eng kam bo'lgan 20 mamlakat
Jahon banki va Our World in Data ma'lumotlari asosida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv zaxirasi eng kam bo‘lgan mamlakatlar reytingi e'lon qilindi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Quvayt egalladi. Tadqiqotga ko‘ra, Quvaytda doimiy daryo va ko‘llar...
