Asosiy kontentga o'tish

Yangilik

O‘zbekistonda qadimgi irrigatsiya tizimlari: Ajdodlarimiz suvni qanday boshqargan?

O‘zbekiston hududida sug‘orma dehqonchilik tarixi miloddan avvalgi 2,5–2 ming yilliklarga borib taqaladi. Ayniqsa Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari havzalarida yashagan aholi suvni dalalarga yetkazish uchun murakkab sug‘orish tarmoqlarini barpo etgan...

O‘zbekistonda qadimgi irrigatsiya tizimlari: Ajdodlarimiz suvni qanday boshqargan?

O‘zbekiston hududida sug‘orma dehqonchilik tarixi miloddan avvalgi 2,5–2 ming yilliklarga borib taqaladi. Ayniqsa Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari havzalarida yashagan aholi suvni dalalarga yetkazish uchun murakkab sug‘orish tarmoqlarini barpo etgan. Qadimgi Xorazm, Zarafshon vohasi, Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi hamda Janubiy O‘zbekiston hududlarida irrigatsiya tizimlari yuqori darajada rivojlangan. Arxeologik va tarixiy manbalarda Xorazmda irrigatsiya tizimlari bronza davridayoq shakllangani, Zang, Zax va Darg‘om kabi qadimiy kanallar faol foydalanilgani qayd etiladi. Qadimgi irrigatsiya tizimi qanday ishlagan? Avval daryodan bosh kanal chiqarilgan. Undan suv kichik kanallarga, so‘ng ariqlar orqali ekin maydonlariga yetkazilgan. Tizimning asosiy afzalligi shundaki, suv tabiiy oqim yordamida harakatlangan va ortiqcha energiya talab qilmagan. Qadimda suvni boshqarish alohida mas’uliyatli kasb hisoblangan. Bu vazifani miroblar bajargan. Miroblar qaysi hududga qancha suv berilishini belgilagan, sug‘orish navbatini nazorat qilgan va suvdan adolatli foydalanilishini ta’minlagan. Suvni boshqarishdagi muhandislik yechimlari Ajdodlarimiz suvni boshqarish uchun turli qurilmalardan ham foydalangan. Doldarg‘a asosiy ariqdan ajraladigan tarmoqlarga suv oqimini tartibga solgan. Chig‘ir esa suvni balandroq joylarga chiqarish uchun xizmat qilgan. U suv oqimi yoki hayvonlar kuchi bilan aylantirilgan. Yog‘och g‘ildirakka mahkamlangan sopol ko‘zachalar suvni yuqoriga ko‘tarib, yog‘och nov orqali ariqlarga uzatgan. Qulfli hovuzlar va sardobalar Tog‘oldi hududlarida buloq suvlarini yig‘ish uchun qulfli hovuzlar qurilgan. Ularning devorlari tosh va chimdan bunyod etilgan bo‘lib, maxsus “qulf” va “tiqin” mexanizmi yordamida suv chiqarilgan. Yana bir noyob inshoot — sardobalar bo‘lgan. Ular karvon yo‘llari bo‘ylab qurilib, qor, yomg‘ir, soy va yer osti suvlari bilan to‘ldirilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, o‘rta asrlarda Movarounnahr hududida 44 ta sardoba mavjud bo‘lgan. Ularning diametri 14–15 metr, chuqurligi esa 10–15 metrga yetgan. O‘zbekiston irrigatsiya ilmi tarixida buyuk qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy alohida o‘rin egallaydi. U takomillashtirgan Nilometr Misrdagi Nil daryosi suv sathini o‘lchash uchun mo‘ljallangan muhim inshoot hisoblanadi. Nilometr 861-yilda Abbosiy xalifasi al-Mutavakkil davrida qurilgan bo‘lib, kvadrat quduq va markazidagi marmar ustundan iborat edi. Undagi maxsus shkalalar suv sathini yuqori aniqlikda o‘lchash imkonini bergan.

E'lon qilingan:

O‘zbekistonda qadimgi irrigatsiya tizimlari: Ajdodlarimiz suvni qanday boshqargan? — SSBRM